Ofis uchun onlayn platforma

Xodimlar davomati, mijozlar navbati va xizmat sifati — bitta platformada

Kim vaqtida keldi, mijoz qancha kutdi, xizmat qanday bo‘ldi — rahbar hammasini telefonida ko‘radi. O‘rnatish shart emas, brauzerda ishlaydi.

Karta yoki oldindan to‘lov talab qilinmaydi. Ro‘yxatdan o‘tish — 2 daqiqa.

Rahbarning nazorat paneli: ishdagi xodimlar, kechikkanlar, bugungi mijozlar va o‘rtacha baho

Tanish holatmi?

Rahbar har kuni uchta savolga aniq javob ololmaydi

Kim vaqtida keldi?

Davomat daftarda yoki og‘zaki. Kechikishlar ko‘rinmaydi, oy oxirida hisob tortishuvga aylanadi.

Mijoz qancha kutdi?

Navbat tartibsiz: bir xodim band, boshqasi bo‘sh. Mijoz kimga borishini bilmaydi.

Xizmat qanday bo‘ldi?

Mijoz fikri faqat shikoyat bo‘lib keladi. Yaxshi ishlagan xodim ko‘rinmay qoladi.

Imkoniyatlar

Har bir savolga — aniq javob

Davomat — faqat ofis kompyuteridan

  • Xodim o‘z ish kompyuterida ro‘yxatdan o‘tadi, rahbar shu kompyuterni tasdiqlaydi.
  • «Ishga keldim» faqat shu kompyuter va ofis internetidan bosiladi — uydan yoki telefondan emas.
  • Kechikish daqiqasigacha avtomatik hisoblanadi, oy oxirida Excel hisobot.
Xodimning ish stoli: Ishga keldim tugmasi, navbat va topshiriqlar

Qabulxona va navbat

  • Qabulxona mijozning ismi va masalasini kiritadi.
  • Tizim ishdagi va navbati eng kam mas’ul xodimni tavsiya qiladi.
  • Navbat raqami va xodim xonasi mijozga SMS bilan boradi (mijoz roziligi bilan).
Qabulxona ekrani: mijozni ro‘yxatga olish va bugungi navbat

Mijoz bahosi va adolatli reyting

  • Xizmat tugashi bilan mijozga SMS havola boradi: 1–5 yulduz va izoh. Ilova o‘rnatish shart emas.
  • Mijozlar bilan ishlovchilar: mijozlar bahosi 60% + rahbar bahosi 40%.
  • Faqat topshiriq bajaruvchilar alohida reytingda — har kim o‘z turidagilar bilan solishtiriladi.
Reyting sahifasi: ikki alohida jadval

Rahbar paneli

Butun ofis — telefoningizda

Ofisda bo‘lmasangiz ham ko‘rasiz: kim ishda, kim kechikdi, navbatda nechta mijoz, bugungi baholar va izohlar. Topshiriq berasiz, xodim qo‘shasiz, hisobotni Excelda yuklab olasiz.

Rahbar paneli telefonda

Boshlash

Uch qadamda ishga tushiring

1

Ro‘yxatdan o‘ting

Tashkilot nomi, STIR va telefon raqamingiz — 2 daqiqa. Sinov davri shu zahoti boshlanadi.

2

Xodimlarni qo‘shing

Har biriga SMS havola boradi. Xodim o‘z ish kompyuterida ro‘yxatdan o‘tadi, siz tasdiqlaysiz.

3

30 kun ishlatib ko‘ring

Natija yoqsa, tarif tanlaysiz. Yoqmasa — hech narsa to‘lamaysiz.

Narxlar

Oddiy va shaffof

Xodimlar soni cheklanmagan. Barcha imkoniyatlar har bir tarifda.

SinovBepul30 kun, barcha imkoniyatlar
Oylik250 000so‘m / oy
6 oylik1 200 000so‘m · oyiga 200 000
27% arzonYillik2 200 000so‘m · oyiga 183 333
Xodimlar soni cheklanmaganXodim va rahbar SMS kodlari bepulMijozlarga SMS — 300 so‘mNarxlar QQSsiz

Xavfsizlik

Ma’lumotlar xavfsiz va qonuniy

Serverlar O‘zbekistonda

Barcha ma’lumotlar va kunlik zaxira nusxalar respublika hududida saqlanadi.

Himoyalangan kirish

Shifrlangan ulanish, SMS kod, rollar bo‘yicha huquqlar. Parollar ochiq holda saqlanmaydi.

Rozilik tizimda qayd etiladi

Xodim ro‘yxatdan o‘tishda, mijoz qabulxonada rozilik beradi — sanasi va vaqti saqlanadi.

Ortiqcha ma’lumot yig‘ilmaydi

GPS, foto, pasport va biometrik ma’lumotlar so‘ralmaydi. Reklama SMS yuborilmaydi.

Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Dastur o‘rnatish kerakmi?

Yo‘q. Platforma brauzerda ishlaydi: kompyuterda Chrome, Edge yoki boshqa brauzer yetarli. Rahbar telefondan ham kiradi.

Xodim uydan «ishga keldim» deb belgilay oladimi?

Yo‘q. Davomat faqat rahbar tasdiqlagan ish kompyuteridan va ofis internet manzilidan belgilanadi.

Mijoz baho qo‘yish uchun nima qilishi kerak?

Hech narsa o‘rnatmaydi: xizmatdan keyin telefoniga SMS havola keladi, ochib 1–5 yulduz qo‘yadi va xohlasa izoh yozadi.

Sinov tugagach nima bo‘ladi?

Tarif tanlab to‘lov qilasiz. To‘lov qilinmasa, 3 kun ogohlantirishdan keyin kirish to‘xtatiladi, lekin ma’lumotlar o‘chirilmaydi — to‘lov bilan darhol tiklanadi.

Qaysi tashkilotlar uchun mos?

Mijozlarni qabul qiladigan har qanday ofis: kadastr va yuridik xizmatlar, loyiha institutlari, yordam markazlari, o‘quv markazlari, klinikalar va boshqalar.

Ofisingiz nazoratini bugun boshlang

30 kun bepul. Savollar bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qiling: +998 90 422 54 54